Yutuq 20.04.2026

Bugun mashaqqat — ertaga natija: B2 sertifikatga erishgan o'quvchilarimiz

Bugun mashaqqat — ertaga natija: B2 sertifikatga erishgan o'quvchilarimiz

📌 #Arxiv_2025_Oktabr — Mock testdan lavha

✏️ Yuqoridagi rasmdagi o'quvchilarning deyarli hammasi ingliz tilidan B2 sertifikatga erishgan o'quvchilar. Ular ham bir paytlar qiynalgan. Kezi kelganda dakki eshitgan yoki kerak bo'lsa jazolangan. Lekin oddiy bir haqiqat bor: qiyinchiliklar o'tadi, g'alaba esa bilim bilan qoladigan tuhfa.

🔥 Hozirda mashaqqatga duch kelayotgan o'quvchilar, bu qiyinchiliklar oldida taslim bo'lish yoki susayish emas — maqsad cho'g'ini o't oldirish vaqti keldi. May oyi ko'plab abiturientlar uchun afsus yoki imkoniyatlar oyi. Vaqt o'tadi, chekilgan mashaqqatlar o'tadi, o'qishga sarflangan bedor tunlar o'tadi — qilingan harakat va natijalar qoladi.

⬆️ Yuqoridagi rasmdagi o'quvchilar uchun bu natija bir paytlar orzu va maqsad bo'lgan. Ular ham albatta qiynalgan, lekin hozir barchasi o'z mukofotini olgan, o'z tarixini yaratgan. Endi navbat maydagi abiturientlarga. Bardam bo'ling, bo'shashmang. Yo'qsa vaqt shavqatsiz qasos oladi.